ILMIY USLUBDAGI MATNNI YOZISH BOYICHA TAVSIYALAR

Tayyorgarlik bosqichi
Bu bosqichda quyidagilarni bajarish zarur:
• axborotlarni to’plash (o’qish, kuzatish, suhbatlashish, so’rovnoma o’tkazish va hokazo);
• Siz ushbu mavzu bo’yicha aytishingiz mumkin bo’lgan masalaga doir g’oyalarni to’plash va tahlil etish;
• bu haqda qanday qilib yaxshiroq yozish mumkinligi haqida bosh qotirish (klaster, konseptual sxema va boshqalarning qurilishi).

 

1-bosqich
Ishning qoralama nusxasi – variantini tuzish

Bu bosqichda quyidagilarni bajarish zarur:
• qoralamalarda yozish;
• faqat o’zining g’oyalariga e’tibor qilish, hozircha shakl va orfografiya, bayon qilish qoidalari haqida bosh qotirmaslik;
• orada qator qoldirib yozish: tuzatish paytida yangi matnni yozish uchun joy qoladi.

2-bosqich
Tuzatish

Bu qoralama variantni yaxshilash bosqichi. U qoralamaga qaydlar qilish, tuzatishlarni kiritishdan iborat bo’ladi. Bunda Siz qoralamaning tuzatish kiritish kerak bo’ladigan joylarini belgilash uchun ko’rsatkichlardan foydalanishingiz, qo’shimcha varaqchalar qistirish va boshqa usullardan foydalanishingiz kerak bo’ladi.
Tuzatish paytida o’zingizga quyidagi savollarni berishingiz kerak:
• Matnning butun mazmuni bosh mavzuga tegishlimi?
• Unda qo’shimcha axborot talab etiladigan joylar yo’qmi?
• Asosiy fikrni ta’kidlash uchun qaysidir so’zlarni qo’shish/tushirib qoldirish kerak emasmi?
• Fikrlar aniq yoki yuzaki bayon qilingan emasmi?
• Matn mantiqan tuzilganmi?
• Kirish qismi aniq yozilganmi?
• Xulosa ishonarlimi, u mohiyatga mosmi?
• Yakuniy qism matnning boshlanishi bilan bog’langanmi?


3-bosqich
Tahrir qilish yoki korrekturani o’qish

Ushbu yakunlovchi bosqich matnning qoralama vaiantini tuzish va tuzatishdan keyin boshlanadi. Sizning vazifangiz matnda orfografik, grammatik va uslubiy xatolar bo’lmasligidan iborat. Buning uchun Siz o’zingizga quyidagi savollarni berishingiz kerak:
• Hamma so’zlar ham to’g’ri yozilganmi? (Yozilishiga ishonchingiz komil bo’lmagan so’zlarning tagiga chizing va ularni lug’atga qarab tekshiring).
• Hamma gaplar ham tugallangan fikrni bildiradimi?
• Cho’zilib ketgan gaplar yo’qmi, ularni alohida gaplarga bo’lish kerak emasmi?
• Tinish belgilari: vergullar, tire, ikki nuqta, nuqtali vergullar to’g’ri qo’yilganmi?
• Barcha xatboshilarda chekinish qo’yilganmi? (Har qanday yangi fikr xatboshidan boshlanishi kerak).

Mustaqil ish.

1. Quyidagicha ilmiy matnlar tiplarini ayting:
a) siz qiynalmasdan yozadigan;
b) siz biroz qiynalib yozadigan;
v) siz ko’p qiynalib yozadigan.
2. Siz u yoki boshqa ilmiy matnlarni yozishda qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz:
a) til bo’yicha (grammatik, leksik);
b) mazmunni berish bilan bog’liq qiyinchiliklar (mantiqiylik, bayonning bog’liqligi);
v) matn asosiy funksional tiplarining o’ziga xos xususiyatlari va ularni tashkil etish qoidalarini bilmaslik bilan bog’liq qiyinchiliklar;
g) matnni rasmiylashtirish qoidalarini bilmaslik bilan bog’liq qiyinchiliklar.

MUNDARIJA