ESSE

Esse hajmi taklif qilingan mavzudagi 1000 so’zdan 5000 so’zgacha bo’lgan asardir.
Esse – bu muallifning alohida individual pozisiyasiga ega erkin  shakldagi bayon bo’lib, qandaydir buyum yoki qandaydir sabab bo’yicha umumiy yoki oldindan bildirilgan fikr-mulohazalardan iboratdir.
Dalillangan esse bu qo’yilgan savolga dalillangan javob mavjud bo’lgan yozma ishdir. Muallif muayyan pozisiyaga ega va uni himoya qiladi, o’z pozisiyasini quvvatlash uchun bir qator dalillarni taqdim etadi. Maqsad – muallif o’zi qo’llaydigan nuqtai nazarga boshqalarni ham ishontirishni xohlaydi.

Agar Siz o’quvchilarni fikran tasavvur qila olsangiz va esseni yozish jarayonida fikran ular bilan muloqot yurita olsangiz, unda dalillangan esseni yozish osonlashadi.

Dalillangan essening tuzilishi:
- Masala yuzasidan muallifning nisbiy nuqtai nazarini bildirish (1 xatboshi).
- Aytilgan pozisiyaning dalillanishi – muallifning shu pozisiyani qo’llash uchun ishonarli dalillari bunday pozisiyani
qabul qilishga ishontiradi.
- Xulosa – rezyume (1 xatboshi).


Dalillangan esseni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari:
• mazmunning mavzuga muvofiqligi;
• muammoni ko’rish, unga munosabat, o’zining nuqtai nazari, dalillarning ishonchliligi;
• uslub: bayonning aniqligi,ochiq-ravshanligi;
• yozish qoidalariga rioya qilish.

Mustaqil ish.

«Mening fikrimcha, agar ... bo’lsa, mamlakatimiz iqtisodiyoti gullab-yashayveradi» mavzuida dalillangan esse yozing.

MUNDARIJA