REJA

Reja – eng qisqa yozuv:
- fikr bayonining izchilligini aks ettiradi va umumlashtiradi;
- matnning mazmunini ochib beradi;
- manbaning mazmunini xotirada qayta tiklaydi;
- konspekt va tezislar o’rnini bosadi;
- har xil yozuvlarni (ma’ruza, axborot, hisobot) tuzishga yordam beradi;
- bajarilgan yozuvni yaxshilaydi;
- o’zini o’zi nazorat qilishni tezlashtiradi;
- e’tiborni jamlaydi;
- yaxshi tanish bo’lgan matnni xotirada jonlantirish uchun ishlatiladi.
Biroq: faktik mazmunni bermaydi, balki faqat uni va mazmunni berish sxemasini ko’rsatadi.
 

Rejani tuzish tamoyillari
Tayyor ilmiy matnning rejasi uchun
1) matnning mazmuniy bo’laklarga bo’linishini belgilash;
2) bo’lingan har bir
mazmuniy bo’lakning asosiy fikrini belgilash;
3) rejaning bandini matnning boshqa qismlari bilan mantiqiy yaxlit qilib bog’laydigan
muhim jihatini farqlaydigan bandini ifodalash.
 
Yaratilayotgan ilmiy matnning rejasi uchun
1) yaratilayotgan matnning tuzilmasini
uning uchta qismi (kirish, asosiy qism, xulosa)
orqali bashorat qilish;
2) har bir qismning asosiy fikrini belgilash;
3) rejaning umumanmantiqiy birlikni tashkil etadigan muhim masalalari doirasini belgilash.
 

 

Rejaning turi va tuzilmasi
oddiy        murakkab
Asosiy bandlardan tashkil topadi.                                                            
 
Asosiy bandlardan tashqari, mazmunni aniqlashtiradigan va detallashtiradigan kichik bandlarni ham o’z ichiga oladi.
 
1. …
2. …
3. …
va boshqalar
 
I. …
       1.1. …
       1.2. …
II. …
        2.1….
va boshqalar
 

Mustaqil ish.

1. Matnni tanlang va o’qib chiqing.
2. Har bir xatboshiga asosiy fikrni aniqlashtiradigan savollar tuzing.
3. Matnning – oddiy yoki murakkab rejasini tuzing. Bu holda nima uchun rejaning u yoki boshqa tipi tanlanganligini tushuntiring.
4. Reja bandlarini tuzilgan savollar bilan solishtiring. Shakli va mazmuni bo’yicha ular o’rtasida qanday farq borligini ko’rsating.
 

MUNDARIJA