ASPIRANTURA VA DOKTORANTURALAR FAOLIYATINI SHARTNOMA ASOSIDA TASHKIL ETISH

ASPIRANTURA VA DOKTORANTURALAR FAOLIYATINI SHARTNOMA ASOSIDA TASHKIL ETISH
 

68. Davlat akkreditasiyasidan o’tgan OTM va ITMlari oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida fuqarolarni, shu jumladan, xorij fuqarolarini, tanlangan ixtisoslik bo’yicha aspirantura, ad’yunktura, doktoranturaga shartnoma asosida qabul qilishlari mumkin.
O’qish fuqaroning istagiga ko’ra davlat yoki rus tilida olib boriladi.

69. Xorijiy davlatlar fuqarolarini aspirantura, ad’yunktura va doktoranturaga qabul qilish:
a) O’zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o’rtasidagi hukumatlararo bitimlar;
b) jamoa va yakka tartibdagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

70. Xorijiy davlatlar aspirantlar, ad’yunktlar, doktorantlarning O’zbekiston Respublikasida o’qish muddati ushbu Nizomga muvofiq ular qabul qilingan kundan boshlab belgilanadi. 
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun haq to’lash turi, miqdori va tartibi, stipendiya bilan ta’minlash, turar joy sharoitlarini yaratib berish, tibbiy xizmat ko’rsatish va fors-major vaziyatlari natijasida yetkaziladigan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

71. Aspirantura, ad’yunktura yoki doktoranturada o’qishga kirayotgan xorij fuqarolari quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) aspirantura, ad’yunktura yoki doktoranturaga qabul qilish to’g’risida ariza;
b) o’rganilgan fanlar hamda ular bo’yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko’rsatilgan holda ma’lumoti to’g’risidagi hujjatlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;
v) tibbiyot muassasasi xulosasi;
g) 4x6 o’lchamdagi 6 dona fotosurati;
d) milliy pasport amaldagi viza hujjatlari bilan shaxsan ko’rsatiladi.

72. Aspirantura, ad’yunktura va doktoranturada o’qishni istagan, o’zbek yoki rus tilini bilmaydigan xorij fuqarolari mavjud Til markazlarida o’qitiladilar.

73. OTM va ITM ichki tartib-intizomini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan boshqa qoidalarni buzgan xorij fuqarolari aspirantura, ad’yunktura va doktoranturadan chetlatiladi.