Magistr tayyorlash sifatini nazorat qilish

Magistr tayyorlash sifatini nazorat qilish

52. Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
ichki nazorat – oliy ta’lim muassasasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
yakuniy davlat nazorati – oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda o’quv fanlari bo’yicha davlat attestasiyasi va dissertasiya ishi himoyasini o’z ichiga oladi;
davlat-jamoatchilik nazorati – oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
tashqi nazorat – Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. 
 

Yakuniy qoidalar

53. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.
54. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Badiiy akademiya, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O’zbekiston temir yo’llari” DAK, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat test markazi bilan kelishilgan.