Amaliyotlar

Amaliyotlar

37. Ilmiy pedagogik va kasbiy amaliyotlar oliy ta’lim muassasasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, buyurtmachi tashkilot va muassasalar ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlari, laboratoriyalari va bo’linmalarida nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
Amaliyotlar ikki tomonlama yoki boshqa kelishuvlar asosida o’tkazilishi ham mumkin.
38. Ilmiy-tadqiqot amaliyoti:
magistratura mutaxassisligi bo’yicha namunaviy modellar, obyekt 
va jarayonlarni tadqiq qilish usullarini o’rganish;
tajriba tadqiqotlarining ilmiy-texnik ta’minotini o’rganish;
tajriba tadqiqotlarini o’tkazish;
tajriba tadqiqotlari natijalarini qayta ishlash, tahlil qilish, xulosa va tavsiyalar tuzish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
39. Ilmiy-texnika va ilmiy-ijodiy amaliyoti:
ixtisoslik mavzusi bo’yicha masalalar holatini ko’rish, tahlil qilish va jamlashga doir tadqiqotlarni o’tkazish;
yechilayotgan mavzu bo’yicha ilmiy-ijodiy, ilmiy-texnik, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirish;
mavzu bo’yicha muqobil texnik yechimlarni ko’rib chiqish va eng samaraligini tanlash;
samarali texnik va ijodiy yechimning patent (mualliflik)ga loyiqligi va patent (mualliflik) sofligini tadqiq qilish;
eng samarali muqobil hisob, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy, ijodiy yechimlarni hal etish ko’nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
40. Ilmiy-pedagogik amaliyot:
ixtisoslik fanlari bo’yicha turli mashg’ulotlar (ma’ruza, seminar, amaliy ish, laboratoriya ishi va boshqa ilmiy izlanishlar)ni o’tkazish bo’yicha tajriba orttirish;
mashg’ulotlar o’tkazish va ma’ruzalar matnlarini tayyorlash;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o’rganish va qo’llash;
talabalar bilimlarini reyting baholash tizimini o’rganish 
va amalda qo’llash;
talabalar mustaqil bilim olishining tashkiliy va o’quv-uslubiy ta’minotini o’rganish va amalda qo’llash;
uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish;
tarbiyaviy ishlarni olib borish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
41. Kasbiy amaliyot:
tegishli soha ilmiy-amaliy muammolarini va istiqbol rivojlanishini tushunish, ilmiy-texnik rivojlanish zamonida o’z sohasining o’rni va ahamiyati, mutaxassisligini boshqa sohalar bilan hamkorligini nazarda tutish;
mutaxassisligi bo’yicha tegishli me’yorlar va rasmiy hujjatlarni bilish va ularga asosan o’z faoliyatini tashkil etish;
nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash;
soha bo’yicha ilm-fan yutuqlarini bilish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish va qo’llash ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
42. Talabalar amaliyotini o’tkazilishini nazorat etish uchun oliy ta’lim muassasasida amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot rahbari kafedra yig’ilishida har hafta amaliyotning o’tishi haqida hisobot berib boradi. Amaliyot tugagandan so’ng har bir talaba amaliyot kundaligi va amaliyot bo’yicha hisobotni belgilangan tartibda kafedraga topshiradi.