Katta ilmiy xodim izlanuvchilar yangi talablar

O’zbekiston Respublikasida oliyta’limdankeyingi ta’limtizimiva fan doktori ilmiy darajasini himoya qilishning yangi talablarijoriy etildi.

Vazirlar Mahkamasi OTMdan keyingi ta’limga davlat talablarini, Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi Nizomni,  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi Nizomi va tuzilmasini hamda OO’Yudan keyingi ta’lim va uni tugatganlik haqidagi davlat namunalari (fan doktori diplomi, professor, dosent, katta ilmiy xodim attestatlari) to’g’risidagi Nizomni tasdiqladi.

OO’Yudan keyingi ta’lim katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutida 3 yil davomida davlat byudjeti mablag’lari hisobidan (kirish imtihonlari natijalari bo’yicha tanlov asosida) yoki mustaqil izlanuvchi shaklida amalga oshiriladi.

Katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutiga kirish uchun oliy ta’limning ikki bosqichli tizimi bakalavriat va magistratura joriy e’tilgunga qadar diplomga ega bo’lish yoki magistrlik diplomini qo’lga olgandan so’ng kamida 2 yillik ilmiy yoki ilmiy pedagogik mehnat stajiga  ega bo’lishi yoki fan nomzodi diplomiga ega bo’lishi lozim. Bundan tashqari nomzodlar fan sohasi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga layoqatga, ilmiy maqolalarga, AKT va Internet sohasidagi bilimlarga va chet tillini munosib darajada bilishlari lozim.

Mustaqil tadqiqotchilikka qabul uchun yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari kamida 5 yillik mehnat stajiga, shuni muhimki mustaqil tadqiqotchi sifatida bakalavrlar ham ilmiy olib borishlari mumkin. Bakalavrlar uchun muhim tomonlaridan biri bu diplom qo’lga olingandan so’nggina yana kamida 5 yillik staj mavjud bo’lishidir.

Ta’lim olish jarayoni mustaxassislik, O’zbekistonning eng yangi tarixi, chet tili hamda fan sohasiga qarab Oliy attestasiya komissiyasi (OAK) tomonidan belgilanadigan fanlar bo’yicha imtihon topshirish bilan yakunlanadi. Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan tavsiya etilgan mavzular bo’yicha fan doktori ilmiy darajasini dissertant o’zbek, rus, qoraqalpoq yoki OAK bilan kelishilgan holda chet tilida himoya qilishi mumkin.