Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni attestasiyaasosida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga otkazish tartibi togrisidagi

Attestasiyadan faqatgina 1- va 2-bosqichlarda tahsil olgan stajyor‑tadqiqotchi‑ izlanuvchilar o’tkaziladi.

Stajyor‑tadqiqotchi‑izlanuvchilar attestasiyasi 3 bosqichda o’tkaziladi:

•         birinchi bosqichdamuassasa rahbari tomonida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar tahsil olayotgan muassasalarda o’tkazilib, tayyorlangan hujjatlar jildi ilmiy kengash qarori va muassasa rahbarining imzosi bilan kuzatuv xati asosida tegishli vazirliklar qoshida tashkil etilgan Ekspert kengashlariga taqdim etiladi;

•         ikkinchi bosqichdategishli vazirliklar qoshida tashkil etilgan ekspert guruhlarida hujjatlar o’rganiladi hamda bevosita stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar bilan suhbat orqali yutuqlari va kamchiliklari aniqlanadi, ijobiy baholanganlar suhbatga chaqirilmaydi;

•         uchinchi bosqichdatadqiqot faoliyatlari ijobiy baholangan stajyor‑tadqiqotchi‑izlanuvchilarning dissertasiya mavzulari ekspert guruhi tomonidan tanqidiy ko’rib chiqilib, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga o’tkazish yoki o’tkazmaslik va ilmiy rahbar (maslahatchi) to’g’risida qaror qabul qilinadi.