7-maruza Mavzu: Eksperimental tadqiqotlar metodologiyasi

7-ma’ruza
Mavzu: Eksperimental tadqiqotlar metodologiyasi

Reja
1. Eksperimental tadqiqotlar asosi
2. Eksperiment reja-programmasini ishlab chiqish
3. Eksperimentni o’tkazish

7.1. Eksperimental tadqiqotlar asosi
Eksperimental tadqiqot - yangi ilmiy bilimlar olishning asosiy usullaridan biri.
Eksperimentdan bosh maqsad nazariy qoidalarni tekshirish (ishchi gipotezani tasdiqlash), shuningdek ilmiy tadqiqot mavzuini yanada kengroq va chuqurroq o’rganishdir . Eksperimentlar tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin.
Tabiiy eksperimentlar ishlab chiqarish, turmush va h.k. larda ijtimoiy hodisalarni o’rganishda muhimdir. Sun’iy eksperimentlar esa texnika va boshqa fanlarda keng qo’llanadi.
Obyekt yoki jarayon modeli xususiyatiga, eksperimentlarni tanlash va o’tkazishga bog’liq holda ular laboratoriya va ishlab chiqarish turiga bo’linadi.
Laboratariya eksperimentlari maxsus modellashtiruvchi qurilma, stendlarda namunaviy priborlar va tegishli apparatlarni qo’llab o’tkaziladi. Bular kam harajat qilgan holda qimmatli ilmiy informasiya olish imkonini beradi. Lekin, eksperimental tadqiqotning bunday natijalari hamma vaqt ham jarayon yoki obyekt ishining borishini to’liq aks ettira bermaydi.
Ishlab chiqarish eksperimentlari atrof muhit turli tasodifiy omillarini hisobga olgan holda mavjud sharoitlarda o’tkaziladi. Bunday eksperimentlar laboratoriyadagidan murakkab, tajriba naturasi (mavjud jarayon yoki obyekt) hajmdorligi oqibatida puxta fikrlash va rejalashtirishni talab etadi.
Ekspluatasiya qilinadigan obyektning turli dala sinovlari ham ishlab chiqarish tadqiqotlariga kiradi.
Tegishli metodika va shakl bo’yicha tashkilotlar yoki muassasalardan, korxonalardan u yoki bu tadqiq etilayotgan masala
bo’yicha materiallar to’plash ishlab chiqarish eksperimentlarining bir turi hisoblanadi.
Eksperimental tadqiqotlarni samarali o’tkazish uchun eksperiment metodologiyasi ishlab chiqiladi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- eksperimentni reja-programmasini ishlab chiqish;
- o’lchamlarni baholash va eksperiment o’tkazshi vositalarini tanlash;
- eksperimentni o’tkazish;
-eksperiment natijasida olingan ma’lumotlarni ishlab
chiqishi va tahlil qilishi.

7.2. Eksperiment reja-programmasini ishlab chiqish
Eksperiment reja-programmasi-ekperimental tadqiqotlarning metodologik asosi.
Reja-programma quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- tadqiqot mavzulari ro’yxati va ishchi gipoteza mazmuni;
- eksperiment metodikasi va uni bajarish uchun zarur materiallar, priborlar, qurilmalar va h. k. lar ro’yxati;
- bajaruvchilar ro’yxati va ular kalendar ish rejasi;
- eksperimentni bajarish uchun xarajatlar ro’yxati.
Eksperiment metodikasi - metodlar, eksperimental tadqiqotlarni maqsadga muvofiq usullari majmui. Umumiy tarzda u o’z ichiga oladi:
- eksperiment maqsad va vazifasini;
- faktorlar tanlash va ular o’zgarish darajasini;
- vositalar va o’lchashlar zarur miqdorini asoslashni;
- eksperiment mohiyati va tartibining bayonini;
- eksperiment natijalarini ishlab chiqishi va taxlil qilishi usullarini asoslashni.
Eksperimentning maqsad va vazifasi ishchi gipoteza va tegishli nazariy ishlanmani tahlil qilish asosida aniqlanadi. Vazifa aniq bo’lishi, ularning soni - uncha ko’p bo’lmasligi lozim: oddiy eksperiment uchun - 3... 4, majmua eksperiment uchun esa - 8... 10 ta.
Jarayon yoki obyektga ta’sir etuvchi faktorlarni tanlash
qabul qilingan ishchi gipotezaga muvofiq nazariy ishlanmalarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha faktorlar mazkur eksperiment uchun avval muhimlik darajasiga ko’ra saralanadi, so’ngra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi.
O’lchash vositalari eksperimentning maqsad va vazifasidan, o’lchanadigan parametrlar tavsifi va talab etilayotgan aniqlikdan kelib chiqib tanlanadi.
Qoidaga ko’ra, standart, yalpi ishlab chiqiladigan o’lchash vositalari (mamlakatda, chet elda ishlangan)dan foydalaniladi. Ayrim hollarda kamyob o’lchovlar pribor va apparatlari bunyod etiladi.
Eksperiment o’tkazishning mazmun va tartibi - metodikaning markaziy qismi. Unda eksperiment o’tkazish jarayoni to’la loyihalanadi:
- kuzatish va o’lchash operasiyalarini o’tkazish ketma-ketlikda tuziladi;
- eksperiment o’tkazishning tanlangan vositalarini hisobga olgan holda har bir operasiya ayrim-ayrim mufassal tavsiflanadi;
- operasiyalar sifatini nazorat qilishda qo’llanadigan usullar tasvirlanadi;
- kuzatish va o’lchash natijalarini yozshi uchun daftar tutiladi.
Eksperimental ma’lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish usullarini asoslash metodikani muhim bo’limi hisoblanadi.
Eksperimentlarning natijalari namoyish etishning ko’rgazma shakliga keltirilishi lozim (jadvallar, grafik, nomogrammalar va h. k.) toki ularni qiyoslash va tashkil qilish mumkin bo’lsin. Alohida e’tibor ishlab chiqish matematik usullari - empirik bog’liqlik, faktorlar va chiqish parametrlari o’rtasidagi aloqa approksimasiyasi, mezonlar, ishonchli intervallar o’rnatish va b. ga qaratiladi.
Eksperiment metodikasi ishlab chiqilgandan so’ng eksperimental tadqiqot hajmi va mehnat talabligi aniqlanadi. Ular nazariy ishlanmalar chuqurligi va qabul qilingan o’lchash vositalari tavsifi (aniqlik, ishonchlik, tez harakatlanish va h. k.) ga bog’liq. Tadqiqotning nazariy qismi qanchalik aniq ifodalangan bo’lsa, eksperiment hajmi va mehnat talabligi shuncha kam bo’ladi .
Tabiiyki, hajm va mehnat talablik eksperiment turiga bog’liq. Dala sinovlari, qoidaga ko’ra, ko’p mehnat talabdir.

7.3. Eksperimentni o’tkazish
Eksperiment-ilmiy tadqiqotning eng muhim va ancha mehnat talab bosqichi.
Eksperiment ishlari tasdiqlangan reja-programma va eksperiment metodikasiga muvofiq o’tkaziladi. Eksperimentga kirishilar ekan sinovlarni o’tkazish metodikasi va ketma-ketligi tugal aniqlanadi.
Eksperimental tadqiqotlar o’tkazish jarayonida quyidagi qator asosiy qoidalarga rioya qilish lozim;
- eksperimentchi o’lchash natijalariga subyektiv ta’sirga yo’l qo’ymay tadqiq etilayotgan jarayon yoki obyekt parametrining barcha tavsifini vijdonan qayd etishi lozim;
- eksperimentchi ehtiyotsizligiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki bu hol ko’pincha katta xatolik va soxtalashtirishga, oqibatda, eksperimentlarni takrorlashga olib keladi;
- eksperimentchi kuzatish va o’lchash daftarini albatta yuritishi kerak, uni tartibli va hyech qanday tuzatishlarsiz to’ldirib borish lozim;
- eksperiment jarayonida bajaruvchi o’lchash vositalari ishini, ular to’g’ri ko’rsatayotganligini va qurilma, jihoz, stend va h. k. lar ishi barqarorligini, atrof muhit holatini muntazam kuzatishi, ish zonasiga begonalarni kiritmasligi shart.
- eksperimentchi o’lchov vositalarini, ular to’g’riligini nazorat qilgan holda ishchi tekshiruviii muntazam o’tkazishi kerak;
- o’lchashlar o’tkazshi bilan bir vastda bajaruvchi natijalarni dastlabki ishlab chiqish va taxlil qilishni o’tkazishi lozim. Bu tadqiq etilayotgan jarayonni nazorat qilish, eksperimentni to’g’rilash, metodikani yaxshilash va eksperiment samaradorligini oshirishga imkon beradi;
- eksperimentchi texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong’inni oldini olish bo’yicha yo’riqnomalar talabiga amal qilishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan barcha qoidalarga ayniqsa ishlab chiqarish eksperimentini o’tkazayotganda amal qilish kerak.
Ilmiy ma’lumotlar olishning asosiy usullaridan biri bo’lib, eksperimental tadqiqotlar hisoblanadi. Ekstrimentlar tabiiy va sun’iy, laboratoriyadagi va ishlab chiqarishdagiga bo’linadi. Har qanday eksperimental tadqiqotlar metodologiyasining asosi bo’lib, reja-programma, metodika va eksperiment o’tkazish qoidasi hisoblanadi.

Sinov savollar

1. Ekspluatasiya qilinadigan obyektni qanday usullarda o’tkaziladi?
2. Eksperimental tadqiqotlarni samarali o’tkazish uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
3. Eksperimental tadqiqotlar o’tkazish jarayonida qanday qoidalarga rioya qilish lozim?
4. Ilmiy ma’lumotlar olishning asosiy usullari nimadan iborat?