5-maruza Mavzu: Nazariy tadqiqotlar metodologiyasi

5-ma’ruza
Mavzu: Nazariy tadqiqotlar metodologiyasi

Reja
1. Nazariy tadqiqot
2. Metodologiya tushunchasi
3. Tadqiqot obyekti

5.1. Nazariy tadqiqot
Insonning boshqa mavjudotlardan farqi uning ma’lum bir maqsad sari harakat qilishidadir. Kishi maqsadga yetishish jarayonida bir qator tabiiy va sun’iy to’siqlarni yengib o’tadi. Bu to’siqlarni bartaraf qilish uchun bir qator tadbirni ko’radi.
Maqsadga yetishishda muayyan to’siqni yengib o’tish uchun qo’llaniladigan tadbirlar majmuini usul deyiladi.
Maqsadga yetishishda bir necha, goho o’nlab-yuzlab to’siqlarni yengishga to’g’ri keladi. Bu to’siqlarni yengish uchun tegishli usullar tizimi qo’llaniladi.
Maqsadga yetishishdagi qo’llaniladigan usullar tizimi uslubi (yo’l) deyiladi.
Usullarni ma’lum bir tartibda qo’llanish jarayonida bir harakat maqsad ko’rsatkichlariga bo’ysundiriladi. Undan tashqari, kishi maqsadga yetishish jarayonida dialektikaning eng umumiy qonunlariga hamda muayyan sohasi umumiy va xususiy qonuniyatlariga ham amal qiladi.
Inson bu faoliyati nihoyasida qanday ko’rsatkichlar erishishini ko’z oldiga yaqqol keltirib amalga oshiradi.
 

5.2. Metodologiya tushunchasi
Metodologiya deb, kishi maqsad sari qilgan harakat; unga tamoyil bo’lgan maqsad ko’rsatkichlari bilan shu harakat davomida amal qiladigan qonuniyatlar majmusiga aytiladi.
Har qanday jamiyat a’zolarining umumiy maqsadi bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi halqlarining asosiy maqsadi huquqni va demokratik davlatni qurish, adolatli fuqarolar jamiyatini shakllantirishdir. Bunday davlat va jamiyatning ko’rsatkichlar majmui bo’ladi. Uni millat mafkura deyiladi. Shu bilan birgalikda har qanday ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos maqsadlari ham mavjud. Har bir shaxsda ijtimoiy sifatlar va shunga yarasha ehtiyojlar tizimi bo’lganligi sababli odamlarning shaxs maqsadlari ham turlichadir.
Jamiyatni oldiga qo’ygan maqsad ko’rsatkichlari va lektikaning umumiy qonunlari butun jamiyat a’zolari faoliyati uchun eng umumiy metodologik asosdir.
Har bir sohada mavjud maqsad va shu sohada hukm suruvchi qonuniyatlar shu soha bilan shug’ullanuvchilar uchun umumiy metodologik asosdir.
Muayyan faoliyatning eng umumiy, umumiy maqsad ko’rsatkichlari va qonuniyatlari bilan birga shu faolyugning ichida qisqa muddatli maqsad ko’rsatkichlari va moq qonuniyatlari ham bo’ladi.
Kishilar o’z faoliyatida qisqa muddatli maqsad ko’rsachkichlari va soha qonuniyatlariga amal qilishligini xusus metodologiya deyiladi. Odamlar faoliyat ko’rsatish jarayonida eng umumiymidir. Umumiy va xususiy metodologiyalardan kelib chiqqan holda o’z ishlarini amalga oshiradilar. Aks holda qilgan harakatlari zoye ketishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, sohasidan qat’iy nazar, har qanday ilm o’z tadqiqotini bir butunlikka, ya’ni tegishli majmuga qaratgan bo’ladi. Ular bir necha o’zaro funksional bog’liq qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Uni majmu deb nomlanishiga ham sabab shu.
Butun borliq katta va kichik hamda shaklan turli majmulardan tashkil topgan.
Shu majmularni tashkil qiluvchi qismlari orasidagi aloqadorlikni va bu majmularning xususiyatlarini belgilab beruvchi inson faoliyatiga ilm, deyiladi.
Majmularni tashkil qiluvchi negiziga qarab, ularni moddiy va nomoddiy, turlarga ajratiladi. Moddiylari tabiiy va sun’iy. Tabiiylari geologik, biologik, geografik, ekologik va hokazolar. Sun’iylari texnika, inshoot, agronomiya va boshqalar.
Har bir qism o’z navbatida majmu hisoblanib, u ham bir necha qismlardan tashkil topadi. Masalan, geologik majmu minerologik, gidrogeologik, paleontologik va hokazo qismlardan tashkil topgan. Ularning har biri ham bir necha qismlarga bo’linadi.
Bu majmularning har birini soha ilmi o’rganadi. Undan tashqari, butun moddiy olam majmulari ayrim xususiyatlarini alohida-alohida ilmlar o’rganadilar. Masalan, fizik xususiyatlarini fizika, kimyoviy xususiyatlarini kimyo va hokazo.
Nomoddiy majmui gumanitar, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy degan qismlardan tarkib topgan. Ularning har-biri o’z oldiga majmu hisoblanadi va bir necha qismlardan iboratdir.
Ijtimoiy majmuning o’zi ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat va san’at degan qismlarni o’z ichiga oladi.
Har bir soha yoki uning tarmoqlaridagi majmularning alohida-alohida ilm sohasi yoki uning tarmoq ilmi o’rganadi.

5.3. Tadqiqot obe’kti
Muayyan ilm sohasi yoki tarmoq ilmi tadqiqotlarni aniq bir majmuga qaratishi shu ilmning tadqiqot obyekti deyiladi. Ma’lum bir ilmni tadqiqot obyekti, deganda mazkur ilm o’z tadqiqotlarini qaysi majmuga qaratganligini tushunmoq lozim.
Ammo har qanday majmu ikki yoki uch qismdan iborat bo’lganda ham uning bir necha jabhalari va xususiyatlari bo’ladi.
Jabha deganda majmuni tashkil qiluvchi qismlari orasidagi uzviy bog’liqlikka aytiladi.
Majmuning xususiyati o’z tabaqasidagi majmular orasidagi aloqadorlikda namoyon bo’ladi.
Har bir jabhani va aniq aloqadorlikni alohida ilm sohasi o’rganadi va uni shu ilmning tadqiqot predmeti deyiladi. Bir obyektni bir necha soha ilmlari o’rganish mumkin. Masalan, medisina, kosmetika, fizkultura, psixologiya va boshqa bir qator ilmlarning tadqiqot obyekti inson hisoblanadi. Ammo har biri o’zining tadqiqot predmetiga ega.
Ilmning tadqiqot predmeti muayyan ilm sohasi, majmuiing jabha yoki xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
Tadqiqot obyekti-muayyan ilm tarmog’i nimani o’rganadi, degan savolga javob bersa, tadqiqot predmeti shu nimaning nimasini o’rganadi, degan savolga javob beradi.
Har qanday ilm o’z oldiga faqat bitga maqsadni qo’yadi. Ilmning tadqiqot o’tkazishdan maqsadi o’rganayotgan majmuda shu vaqtgacha aniqlanmagan xususiyat va qonuniyatlarini aniqlash va uni jamiyatning ma’lum bir ehtiyojini qondirishda foydalanishni ko’rsatib berish orqali namoyon bo’ladi.
Ushbu falsafiy tushunchalardan kelib chiqib, ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi bir necha ilm tarmoqlarining tadqiqot obyekti, predmeti va maqsadlarini aniqmumkin.
Ijtimoiy fanlar ilmining umumiy tadqiqot obyekti ijtimoiy hayotdir. Shu yerda "ijtimoiy" degan tushunchani sharhlab o’tish joiz. Ijtimoiy atamasi ikki ma’noda biri keng, ikkinchisi tor ma’noda qo’llaniladi.
Keng ma’nodagi ijtimoiy hayot voqyelik bo’lib, odamlarni barcha ongli harakati natijasida vujudga kelgan hodisalar majmusiga aytiladi.
Bu majmuga ruhiy, iqtisodiy, siyosiy va tor ma’nodagi ijtimoiy hayotlar qismi bo’lib kiradi.
Tor ma’nodagi ijtimoiy hayot deganda kishining bioijtimoiy mavjudot sifatida shakllantiruvchi va umri davomida egallagan ijobiy sifatlarini o’z ixtiyori bilan namoyon qiluvchi hayot jabhalariga aytiladi.
Bularga oiladagi hayot, o’zining shaxsiy hayoti hamda mehnat va siyosat bilan bog’liq bo’lmagan boshqa faoliyatlar kiradi.
Bu tushunchalarni hayotda qo’llashda to’g’ridan-to’g’ri ijtimoiy deb keng ma’nodagi ijtimoiy hayotini ifodalaymiz, tor ma’nodagi ijtimoiy hayot ustida so’z yuritilganda ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-iqtisodiy; ijtimoiy-siyosiy, degan so’z birikmalaridan foydalaniladi.

Sinov savollar

1. Metodologiya tushunchasini yagona tarifi nimadan iborat?
2. Sizning tadqiqot ishingizda tadqiqot predmeti nimalarni tashkil etadi?
3. Ijtimoiy fanlarning tadqiqot obyekti nimalarni tashkil etadi?