4-maruza Mavzu: Ilmiy axborot izlash,yigish va unga ishlov berish

4-ma’ruza
Mavzu: Ilmiy axborot izlash,yig’ish va unga ishlov berish

Reja
1. Ilmiy texnikaviy informasiyani izlash
2. Informasiyani yig’ish va tahlil qilish
3. Ilmiy texnikaviy informasiyani o’rganish, tahlil qilish
4. Informasiyaga ishlov berish

4.1. Ilmiy texnikaviy informasiyani izlash
Har qanday ilmiy tadqiqot tadqiqot o’tkazilishi mo’ljallanayotgan yo’nalishga bag’ishlangan ilmiy texnikaviy informasiyalarni izlashdan boshlanadi.
Ilmiy texnikaviy informasiya manbai bo’lib quyidagi hujjatlar hisoblanadi:
- kitoblar (darsliklar, o’quv qo’llanmalar, monografiya, broshyuralar);
- davriy matbuot (jurnallar, byulletenlar, institutlarning ishlari, ilmiy to’plamlar);
- me’yoriy hujjatlar (standartlar, texnikaviy shartlar, yo’riqnomalar, me’yoriy jadvallar, muvaqqat ko’rsatmalar va b.);
- katalog va preyskurantlar;
- patent hujjatlari;
- ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlari haqidagi hisobotlar;
- informasiyaviy nashrlar (ITI to’plamlari, analitik narxlar, informasiyaviy varaqalar, ekspress informasiya, ko’rgazmalarning prospektlari va b.);
- xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlar tarjima va asl nusxalari;
- dissertasiyalar, avtoreferatlar;
- ilmiy-texnikaviy konferensiyalar va ishlab chiqarish yig’ilishlarining ilmiy-texnikaviy materiallari;
- ikkilamchi hujjatlar (referativ sharxlar, bibliografik katalog, referativ jurnallar va b.)

4.2. Ilmiy texnikaviy informasiyani yig’ish
Sanab o’tilgan hujjatlar ulkan informasiya oqimini hosil qiladi, uning sur’ati yildan yilga oshib boradi. Bo’sh yuqorilama va quyilama axborot oqimi bir-biridan farqlanadi.
Informasiyaning yuqorilama oqimi ijrochilar (ITI oliy o’quv yurtlari, TKB va b.) dan qayd etuvchi idoralarga tomon yo’naladi, quyilama oqim esa bibliografik, sharhlar, referativ va boshqa ma’lumotlar ko’rinishida ijrochilar ularning talabiga ko’ra yo’naladi.
Informasiya «eskirish» xususiyatiga ega.
Yangi ilmiy va Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar jadal o’sib borishi munosabati bilan informasiya «eskiradi». Uning «eskirish» qonuniyati 4.01-rasmda keltirilgan. Chet elli tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, informasiya qimmatining pasayish («eskirish») jadalligi taxminan gazetalar uchun bir kunda 10%, bir oyda jurnallar uchun 10% bir yilda kitoblar uchun 10%ni tashkil etadi. Shuning uchu ulkan informasiya oqimida yangi, ilg’or, muayyan mavzuni masalani hal qilishda ilmiysini topish faqat bitta ilmiy xodim uchungina emas, balki katta jamoa uchun ham ancha murakkabdir.
Zarur informasiyani izlash - ijodiy jarayon, shunga ko’ra uni formallashtirish va demak avtomatlashtirish murakkabli kelib chiqadi.
Informasiya oqimi - tanlangan mavzuni ishlab chiqish uchun zarur hujjatlarni izlash bo’yicha operasiyalar majmui. Qo’lda, mexanik tarzda, mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ko’lda izlash odatdagi bibliografik varaqchalar, kartotekalar va nashr ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi. Mexanik izlashda informasiya yetkazuvchilar bo’lib perfokartalar hisoblanadi. Mexanizasiyalashtirilgan izlash hisobli perforasion mashinalarni, avtomatlashtirilgani esa EHMni qo’llashga asoslanadi.
Informasiyaviy izlash sistemalarida informasiyaviy izlash tilining turli talqinlari qo’llanadi.
Optimal natijaga erishish uchun izlash zarurdir, chunki bunda u yoki bu darajada mavzuni ishlab chiquvchi (yoki ishlab chiqaruvchilar)ning o’zi ishtirok etadi. Izlashni amalga oshira borib, ishlab chiquvchi izlash ko’lamini bamisoli tadqiq etadi va o’z informasiyaviy so’rovi ifodasini aniqlaydi.

4.3. Ilmiy texnikaviy informasiyani o’rganish, tahlil qilish
Ilmiy-texnikaviy informasiyani o’rganish va tahlil qilish -masalani mavzu bo’yicha ahvolini yoritish, ilmiy-tadqiqot maqsadi va vazifasini isbotlash uchun asos.
Informasiya samarali ishlab chiqilishiga erishish (O’rganish, yodda saqlab qolish va taxlil) uchun bir qator shartlarga amal qilish kerak.
Birinchi shart bo’lib aniqlash, ya’ni o’qishning maqsadini belgilash hisoblanadi. Bu psixologik omil tafakkurni faollashtiradi, o’rganilayotganni tushunishga yordamlashadi, idroklashni ancha aniqlashtiradi. Mazkur holda ilmiy xodim o’zini «muayyan to’lqinga» sozlaydi.
Keyingi shart, bu ilhomlanish. U ilmiy yondashishga asoslanadi va informasiyani ishlab chiqish samarasini oshiradi.
Informasiyani sifatli ishlab chiqishni ta’minlash uchun diqqat va fikrni bir yerga to’plash zarur. Ishlab chiqish jarayonida turli asab qo’zg’atuvchilar (shovqin, gaplashishlar, xususiy fikrlar va b.)ni bartaraf etish zarur, chunki bular e’tiborni chalg’itadi va tezda toliqishga olib keladi.
Informasiya ustida muvaffaqiyatli ishlashning muhim omili bo’lib mehnatning mustaqilligi hisoblanadi.
Adabiyotlarni o’rganishda qat’iyat va muntazamlik ancha muhim shartlardan hisoblanadi. Ayniqsa bu narsa murakkab va qiyin yangi matnni o’qishda zarurdir. Materialni to’liq tushunishga erishish uchun o’qish va qayta o’qishga to’g’ri keladi.
Axborotni ishlab chiqish samaradorligi aqliy ishlay olish qobiliyatiga bog’liq. Uning oshishi uchun to’g’ri ish tartibi muhim shart hisoblanadi. 12 soatlik aqliy mehnatdan so’ng 57 minut tanaffus qilish, jismoniy mashqularni bajarish, chuqur, kuchli nafas olish va boshqalarni bajarish tavsiya etiladi. Bu markaziy nerv sistemasini rag’batlantiradi va ishlash qobiliyatini oshiradi.
Ilmiy-texnikaviy axborotni ishlab chiqishda ko’chirma, annotasiya, konspektlar qo’llaniladi.
Ko’chirma - axborot ayrim qismlarining qisqa (yoki to’liq) mazmuni. Ularning qimmati juda yuqori, chunki ular kichik hajmda ko’pgina informasiya to’plashga imkon beradi va keyingi ijodiy ish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Annotasiya - birinchi manba informasiyasining qisqacha mazmuni. Ular yordamida matnni xotirada tezda tiklash mumkin bo’ladi.
Konspekt - u yoki bu birinchi manbaadagi informasiyaning mazmunini to’liq bayoni. U mazmunga ko’ra to’liq hamda hajmga ko’ra iloji boricha qisqa bo’lishi kerak. Konspektni o’z so’zlari bilan tuzish kerak, bu o’qilganni anglash va tahlil etishni talab qiladi va shu bilan ijodiy ishga katta foyda keltiradi.
 

4.4. Informasiyaga ishlov berish
Ishlanayotgan informasiyani eslab qolishning turli usullari mavjud: mexanik, mazmuniy, ixtiyoriy, g’ayriixtiyoriy.
Mexanik usul o’qilganni ko’plab takrorlash va qayta o’qishga asoslangan. Mazkur holda eslab qolinayotgan informasiya ayrim unsurlari o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlik bo’lmaydi. Shuning uchun u kam samarali va asosan sana, formula, sitata, chet so’zlar va h.k.larni eslab qolish uchun qo’llanadi.
Ma’noviy usul ishlanayotgan informasiya ayrim unsurlari o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni eslab qolishga asoslangan. O’qishda ayrim unsurlarnigina emas, balki yaxlit matnni, uning mazmuni va ahamiyatini tushunish zarur. Eslab qolishning bu usuli mantiqiy - ma’noviy hisoblanadi, buning natijasida u mexanik usuldan ko’p marta samaraliroqdir.
Ixtiyoriy usulda eslab qolish turli assosiasiya qonunlari bilan bog’liq bo’lgan mnemonik yo’llarga asoslanadi.
/ayri-ixtiyoriy usul o’qish jarayonida hissiyotga ko’ra yuzaga kelgan emosiya bilan bog’liq matnning u yoki bu parchasini tasodifan eslab qolishga asoslangan.
Shuni ta’kidlash joizki, ishlanayotgan informasiyani eslab qolishning universal usuli yo’q. Amalda, ko’pincha, usullar majmuvdan informasiyaning u yoki bu qismi tavsifiga bog’liq holda foydalaniladi.
Ishlanayotgan informasiyani tahlil tadqiqotning muhim vazifalaridan biri.
Tahlil jarayonida ham informasiya manbaini, ham ulardagi informasiyani tasniflash va sistemalashtirish zarur. Manbalarni ikki xil sistemalashtirish mumkin: xronologik tartibda va mavzu bo’yicha.
Birinchi holda barcha informasiya mavzu bo’yicha ilmiy bosqichga ko’ra sistemalashtiriladi, bular uchun sifat sakrashlari xosdir. Keyin har bir bosqichda tegishli manbalar (bosqichlar) e’tibor bilan tanqidiy tahlil qilinadi. Buning uchun yuqori darajada erudisiya va bilimga ega bo’lish zarurdir.
Ikkinchi holda (mavzuli taxlil) da informasiyaning butun hajmi ishlab chiqilayotgan mavzu masalalari bo’yicha sistemalashtiriladi. Bunda katta e’tibor ilmiy-texnikaviy informasiya so’nggi nashrga qaratiladi, ularda mazkur masala tadqiqoti yakuni keltirilgan bo’lishi mumkin. Keyinchalik tanlov asosida alohida qiziqish tug’dirgan boshqa manbalar taxlil etiladi.
Informasiyani taxlil etishning ikkinchi talqini sodda va kam vaqt talab qiladi. Shu bilan birga mazkur talqin bo’yicha mavzu bo’yicha to’liq bo’lmagan informasiya hajmi tahlil etiladi.
Ishlab chiqish (o’rganish, eslab qolish va tahlil) natijalari bo’yicha Ilmiy-texnikaviy informasiya belgilanadi:
- dolzarblik va mavzuning yangiligi;
- mavzu bo’yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar sohasidagi so’nggi yutukdar;
- ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari;
- mavzu bo’yicha ishlab chiqarish tavsiyalari;
- ilmiy ishlanmalarning texnikaviy, iqtisodiy va ekologik maqsadga muvofiqligi.
Ilmiy texnikaviy axborotni izlash va ishlab chiqish (o’rganish, eslab qolish va tahlil) ilmiy tadqiqotning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Ularning natijalari asosida mavzuning dolzarbligi va yangiligi, uning maqsad va vazifalari belgilanadi.

Sinov savollar

1. Ilmiy tadqiqot mavzui nima va u qanday tanlanadi?
2. Ilmiy texnikaviy informasiya nima va uni izlash qanday amalga oshiriladi?
3. Ilmiy texnikaviy informasiya tahlili nimadan iborat?
4. Siz qanday informasiyani izlash usullarini bilansiz?