1-Maruza Mavzu: Kirish.

1-Ma’ruza
Mavzu: Kirish.

Reja

1. Fan
2. Fan-texnika taraqqiyotining poydevori
3. Fanning maqsadi

1.1. Fan

Fan bizni qurshab turgan dunyo to’g’risida obyektiv aniq bilimlarni ishlab chiqish bo’yicha samarali inson faoliyatining alohida sohasi hisoblanadi. Bu soha mazkur ijodni ta’minlovchi, muntazam rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini, insonlar va muassasalarning ilmiy ijodlarini o’z ichiga oladi.
Fan va texnikaning bir-biri bog’liq rivojlanish jarayoni insonga moddiy va ma’naviy boyliklarni olish uchun atrof muhitga ta’sir etishga imkon beradi. Zero bu ta’sir hozirgi vaqtda ham, istiqbolda ham atrof muhitga zarar keltirmasligi lozim.
Ilmiy ijod natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish mehnat samaradorligining oshishida, mahsulot tannarxining arzonlashishida, uning sifati va raqobatbardoshliga o’sishida, ekspluatasiya ko’rsatkichlarining yaxshilanishida va h. k. larda aks etadi.
 

1.2. Fan fan-texnika taraqqiyotining poydevori
Ilmiy muvaffaqiyatlar bevosita oliy maktab rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Fan talabalarning bilimlariga, ularning ijodi rivojlanishiga, tegishli faoliyat sohasida oqilona yechimlarni topa bilish iqtidoriga yangi o’sib borayotgan talablarni qo’yadi. Mutaxassisdan ham eski, ham avvalo mutlaqo yangi vazifalarni qo’yish va ilmiy asosda hal eta bilishlikni talab qiladi.
Yoshlarning ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishi va unga ko’nikma hosil qilishi ularning talabalik davrlaridan boshlanadi. O’sha davrda olgan bilim va ko’nikmalarini keyingi ilmiy izlanish jarayonlarida yanada takomillashtiradi va hayot bilan bog’lab borishga muvaffaq bo’ladilar.
 

1.3. Fanning maqsadi
Xo’sh, ilm bilan shug’ullanuvchilar nimalarga ko’proq ahamiyat berishlari lozim.
Birinchidan, o’zini ilmga bag’ishlagan odam bir qator hayotiy ehtiyojlardan o’zini tiyishi shart. Bularga chiroyli kiyinib yurish, o’ziga zeb berish, ulfatchilik qilish, ko’ngilxushlik bilan shug’ullanish kabilarni kiritish mumkin. Ilmga sadoqatli odamlar doim qanoatli, xush-fe’l va boshqalarga ibratli bo’lishgan.
Ikkinchidan, har bir tadqiqotchi o’z fanini chuqur egallagan bo’lishi va uning muammolari ustida doim bosh qotirishi shart. Shuningdek, u tadqiqot ishiga yondosh bo’lgan boshqa fanlardan ham yetarli darajada xabardor bo’lmog’i lozim.
Uchinchidan, tadqiqotchi falsafa fanining umumiy qonuniyatlarini va ilmga aloqador tarmog’ini o’zlashtirib olishi, xorijiy tillardan loaqal bittasini egallagan bo’lishi kerak.
Demak, shunday xulosa qilish mumkin: Ilm bilan shug’ullanish - izlanish va tadqiqotlar olib borish, ya’ni qonuniyatlarni kashf etish va shu yo’l bilan jamiyat rivojlanishiga o’z hissasini qo’shish demakdir.
Ma’lumki, respublikamizda ilmga layoqatli yoshlar uchun tegishli me’yoriy hujjatlardan kelib chiqqan holda biror qo’llanma hali yaratilgan emas. Biz shu bo’shliqni to’ldirishga jazm etib, ushbu ma’ruza matnini e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Bundan maqsad, ilm sohasiga endi kirib kelayotgan hamda shu mashaqqatli yo’lni tanlagan yoshlarga baholi qudrat yo’l-yo’riqlar va maslahatlar berishdan iborat.

Sinov savollar


1. Fanning maqsadi nimalardan iborat?
2. Ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanadigan insonlar ko’proq nimalarga e’tibor berishlari zarur?
3. Tadqiqotchi qanday ko’nikmalarni o’zida hosil qilishi zarur?