MUAMMONI HAL ETISH VAZIFALARINING QOYILISHI

 Ishda, odatda, tadqiqot UMUMIY MUAMMOSINING turli JIHATLARI bilan bog’liq BIR NECHA VAZIFALAR ifodalanadi:

Tadqiqot predmetining nazariy qoidalarini rivojlantirish

Sinovlarning o’tkazilishi

Sinovli tekshirishlarning yangi uslublarini ishlab chiqish

Yangi bilimlardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar belgilanishi

 

Muammoni hal etish jarayonidagi vazifalar:

  • Nazariy tushunchalarning ushbu tadqiqotda qo’llaniladigan jihatlarini aniqlash.
  • Amaliy muammolarning nazariy bilim darajasidagi tahlilini o’tkazish va bu bilan uning natijalari, xulosalari va tavsiyalarining ilmiy asoslanishini ta’minlash.
  • O’rganilayotgan hodisalarning miqdoriy, statistik ko’rsatkichlar yordamidagi o’lchanishi va ro’yxatdan o’tkazilishini ta’minlash.

Qo’yilgan muammo dissertasiyaning kirish qismida tadqiqot maqsadining ifodasida aks ettirilishi kerak. O’z navbatida, maqsad tadqiqot taktikasini — aniq qadamlarning izchilligini – muammoni hal etishga asos bo’ladigan tadqiqotchilik vazifalarini belgilaydi.

Misollar. Tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- konsalting mohiyatini, uning bozor munosabatlarining hozirgi tizimidagi roli va o’rnini o’rganish;

- o’tish iqtisodiyoti sharoitida konsalting xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishning institusional negizlarini takomillashtirish;

- konsalting faoliyatini tartibga solish borasidagi xorijiy tajribani qiyosiy tahlil qilish;

- O’zbekistonda maslahatchilik xizmatlari ko’rsatish tajribasini umumlashtirish;

- konsalting sohasidagi biznes-muhit va asosiy muammolarni tahlil etish;

- konsalting loyihalarining natijadorligini baholash;

- monitoringni tashkil etish va konsalting loyihalari samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish.

Tadqiqot vazifalari. Qo’yilgan maqsadga muvofiq ishda quyidagi vazifalar belgilangan:

- O’zbekiston iqtisodiyotini zamonaviylashtirish sharoitida sanoat korxonalaridagi strategik rejalashtirishni baholash va mavjud muammolarni aniqlash;

- sanoat korxonalaridagi strategik rejalashtirish bo’yicha xorijiy tajribani tahlil etish va uni respublikaning xo’jalik yurituvchi subyektlari uchun ko’niktirish imkoniyatlarini o’rganish;

- sanoat korxonasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishning uslubiy yondashuvlarini asoslash;

- sanoat korxonalaridagi strategik rejalashtirish tizimini tashqi muhitdagi o’zgarishlarni hisobga olib takomillashtirish;

- metallurgiya kompleksi korxonalarini rivojlantirish tendensiyalarini belgilash va ularning xo’jalik yuritishning bozor sharoitlariga ko’nikishini asoslash;

- bozor iqtisodiyoti sharoitida metallurgiya korxonalaridagi strategik rejalashtirish samaradorligini baholash uslublarini ishlab chiqish.

Dissertasiya mazmunini tashkil etuvchi muammo yechimining varianti avval-boshda tadqiqotning asosiy farazi sifatida kristallashtiriladi (sxemaga qarang). Bu dissertasiya matnida tekshirilishi va dalillar bilan asoslanishi kerak bo’ladigan sinovli yechimdir. Pirovard natijada adabiyotlar bilan ishlash ana shu vazifaga xizmat qiladi.

TADQIQOT MUAMMOSINI TANLASH

ADABIYOTLAR TAHLILI

FARAZNING QURILISHI

TADQIQOTLAR DASTURINI TANLASH Farazni tekshirish uslublarining belgilanishi:

  • sinovlar,
  • jamoatchilik fikri so’rovnomalari,
  • muayyan vaziyatlarda odamlar fe’l-atvorini kuzatishlar,
  • mavjud natijalar va tarixiy guvohliklarning o’rganilishi va hokazo.

MA’LUMOTLAR YIG’ILISHI (tadqiqotchilik loyihasining o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq ma’lumotlarning yig’ilishi va ro’yxatdan o’tkazilishi)

NATIJALAR TAHLILI (tadqiqotlar jarayonida aniqlangan faktlar o’rtasidagi ahamiyatli aloqalarning izlanishi)

XULOSALAR

Bu bilan dissertasiyaning sxemasi quriladi. Har bir band yangilik, foydalilik, ishonchlilik tavsifnomasi bilan to’ldiriladi.