DISSERTASIYA TADQIQOTI VAZIFALARI QOYILISHINING PROSESSUAL TUZILMASI

  1. Aniq ilmiy yoki texnik vazifani hal etishga ehtiyojning aniqlanishi. Mavjud vaziyatdagi holatni qanday o’zgartirishni bilmagan, bunga hyech kim yordam bera olmaydigan holda uni o’zgartirish yuzasidan kuchli xohish-istak paydo bo’lishida ifodalanadi (ma’lum texnologiyalar xohlagan samaraga erishishga imkon bermaydigan holda texnik yoki ma’muriy ziddiyat darajasida- empirik fakt yoki ta’sir ko’rsatish natijasini bashorat qilishni izohlash zarur bo’lganida ehtiyoj paydo bo’ladi).
  2. Ilmiy tadqiqotni o’tkazishga ehtiyojning belgilanishi. Agar ilmiy tadqiqot ma’lum va hamma tomonidan qilinishi mumkin bo’lsa, unda bunday tadqiqotni o’tkazish talab etilmaydi. Markaziy ilmiy, ko’pincha ilmiy-ommaviy nashrlar bo’yicha batafsil tahlil o’tkazilganidan keyin va shunga o’xshash yechimlar topilmaganida olim original yechimni topish uchun to’liq ilmiy tadqiqotni o’tkazish bo’yicha reja tuzishi kerak bo’ladi.
  3. Ilmiy tadqiqot maqsadlarining belgilanishi va joy- joyiga qo’yilishi. Maqsad — ehtiyoj mahsuli. Aniq ifodalangan ehtiyoj ko’pincha maqsadni belgilaydi. Ilmiy tadqiqotni o’tkazishda asosiy maqsad shu asosiy maqsaddan kelib chiqadigan, jami bo’lib ilmiy-texnik ishga singib ketadigan kichik maqsadlarga bo’linib ketadi. Ularni o’z o’rinlariga to’g’ri joylashtirish zarur, shunda maqsadlarning joy-joyiga tushishi va ilmiy izlanishdagi muayyan izchillik hosil bo’ladi.
  4. Dissertasiyaning predmetli sohasining bir tizimga solinishi. Bir tizimlilik — ilmiylikning muhim belgilaridan biri. Bilimning ilmiy tizimga solinishi to’liqlikka intilish, bir tizimga solishlikning asoslari va ularning ziddiyatli emasligi haqidagi aniq tasavvur bilan tavsiflanadi. Bir tizimlilik tadqiqot predmeti va obyektini tasniflash mahorati orqali amalga oshiriladi. Tasniflash tadqiqotni nafaqat bir tizimli qiladi, shu bilan birga dissertant ishlab chiqayotgan ilmiy nuqtani aniq belgilaydi. Tasniflashga talablar – predmetli sohani 3 – 6 ta muhim belgilarga qarab bo’lish, ravshanlik va ko’rgazmalilik, bir tizimga solinayotgan predmetli sohaning imkoni boricha to’laroq qamrab olinishidir.
  5. Shartlar va cheklashlarning belgilanishi ilmiy vazifani hal etish imkoniyatlari va realligini baholashga imkon beradi. Odatda ayni shu cheklashlar, shartlar, boshlang’ich ma’lumotlar hatto fantastik loyihani ham ilmiy vazifaga aylantiradi.

                 Cheklashlar quyidagilarda bo’ladi:

  • zamonda,
  • moddiy,
  • axborotchilik,
  • energetik. 

Bir daraja pastroq, sizning ilmiy izlanishingizning eng chuqur mazmunigacha yetib borib, aynan sizning nuqtai nazaringiz, uslubiyotingiz, tuzilma, texnologiya, konstruksiyangizni boshqalaridan farqlaydigan o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash mumkin bo’ladi.

6. Ilmiy tadqiqot vazifalarining belgilanishi. Bu bosqichda ilmiy tadqiqot vazifalarining ifodasi beriladi, ular makon va zamondagi, moddiy vositalar, energiya va axborotlardagi ayrim boshlang’ich ma’lumotlar, cheklashlar va shartlardagi tadqiqot maqsadlaridan iborat bo’ladi. Bo’lg’usi dissertasiya poydevori material yig’iladigan muammolarga muvofiq ravishda qismlarga ajraladi: tahlil, nazariya, sinov, amaliyot.