TADQIQOTNING YANGILIGINI BELGILASH VA ASOSLASH

Magistrantlarning tipik xatosi yangilik deb masalaning qo’yilishining yangiligini ko’rsatishdir, lekin bu hali yetarli emas.

 

ILMIY NATIJALAR YANGILIGI MEZONLARI

  • Masalaning qo’yilishining yangiligi – bu yangilikning eng past darajasi bo’lib, buning uchun hozirda mavjud bo’lgan, muayyan nuqtai nazar ostida o’tkazilgan tadqiqotlar haqidagi axborotlarga va shu predmetga boshqacha nuqtai nazardan qarashga imkon beradigan muayyan tasavvurga ega bo’lishning o’zi kifoya.
    Uslubiyotning yangiligi – gap qo’llaniladigan yangicha yondashuvlar, uslublar, tadqiqot tamoyillari haqida  bormoqda. Bu yangilikning birmuncha yuqori darajasi bo’lib, u ancha yangi natijalarga erishishga yo’l ochadi, lekin metodologiya hali yangilik uchun kafolat bera olmaydi. Ayni bir paytda ma’lum uslubiyotlarning yangi sharoitda qo’llanilishi ham unumli natijalar berishi mumkin.
  • Olingan ijobiy yoki salbiy natijaning yangiligi (mazmunan yangiligi). Eng asosiysi – tadqiqot jarayonida asosiy xulosa
    sifatida olingan, to’g’ri qo’yilgan masaladan va tadqiq etilgan zaruriy va yetarli holatlardan mantiqan kelib chiqadigan fikrni qisqacha bayon qilish. Bu aniqlangan yangi fakt, qo’yilgan masalaning asosli yechimi, ilmiy muomalaga yangi ma’lumotlarning olib kirilishi, ma’lum faktning yangi sharoit uchun tasdiqlanishi ham bo’lishi mumkin. Yangilikni olingan natijani ma’lum faktlar bilan solishtirish orqali ko’rgazmali tarzda ko’rsatish mumkin.
  • Mazmunni ifodalash shaklining yangiligi (formal yangilik) – yangi atamalarning joriy etilishi. Biroq qanchalik ko’proq yangi «burama» atamalar joriy qilingan bo’lsa, yangilik ham shunchalik yaqqol ko’rinadi, deb o’ylamaslik kerak. Atamalarning yangiligi ishda ana shu hyech narsani anglatmaydigan atamalardan boshqa xech qanday yangilik yo’qligini yashira olmaydi. Yangi atama yetarlicha isbotlangan va ishonchli asoslangan yangi bilimning to’plangan hajmini ifodalash uchun joriy etilishi mumkin va shunda u yangilikni ifodalashning muhim vositasi bo’ladi.
  • Olingan natijaning talqin etilishining yangiligi (izohlash va talqin qilish yangiligi). Bu yerda yaxshi ma’lum bo’lgan qonunlar va g’oyalarning yangicha ko’rilishini namoyon qilish uchun real imkoniyat mavjuddir.
  • Olingan natijani amalda qo’llashning yangiligi (amaliy yangiligi). Odatda bu nazariy ilmiy tadqiqot doirasidan chetda bo’ladi va amaliy ilmiy-tadqiqotchilik ishlar toifasiga kiradi, lekin tadqiqot muallifi olingan natijalarni qo’llanish uchun yangi sohalarni taklif etishi kerak.
     

Misol.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi konsalting faoliyatining shakllanishi, rivojlanishi va uni tartibga solish jarayonlarini bozor islohotlarining hozirgi bosqichi talablari asosida kompleks baholashning ustuvor vazifalarini qo’yish va hal etishdan iborat bo’lib, bu milliy iqtisodiyotda infratuzilma ushbu elementi faoliyat yuritishining o’ziga xos xususiyatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga imkon yaratdi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy yangilik belgilariga ega bo’lgan quyidagi nazariy-metodologik, uslubiy va amaliy natijalar olindi:

  • “bozor infratuzilmasi” tushunchasi amalga oshiriladigan bitimlar vositasida uzluksiz tarzda muomalada bo’ladigan tovarlar, resurslar va xizmatlar oqimlaridan iborat bo’lgan bozor iqtisodiyotining tovar-pul tabiati pozisiyalaridan turib institusional hodisa sifatida asoslab berilgan;
  • milliy iqtisodiyotni isloh qilish davrida shu iqtisodiyot miqyosida konsalting xizmatlari bozorining shakllanishi va rivojlanishiga belgilovchi ta’sir ko’rsatadigan qonuniyatlar va tamoyillar, shart-sharoitlar va omillar aniqlangan;
  • milliy konsalting xizmatlari bozorlarini tashkil etish va rivojlantirish borasidagi xorijiy tajribaga baho berilgan, ularning O’zbekiston sharoitlariga ko’nikishi mexanizmlari belgilangan;
  • O’zbekiston konsalting xizmatlari bozorining segmentlashtirilishi va tuzilmalashtirilishi o’tkazilgan, mamlakatdagi konsalting xizmatlari bozorini istiqbolda yanada rivojlantirishning asosiy yo’llari taklif etilgan;
  • O’zbekistonda konsalting xizmatlari bozori faoliyat yuritishini takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan.
     

MUNDARIJA