TADQIQOTNING DOLZARBLIGI, YANGILIGI VA AMALIY AHAMIYATINI BELGILASH VA ASOSLASH

Siz bu bobda «tadqiqotning dolzarbligi» tushunchasi, uni asoslash tartib-qoidalari, ilmiy natijalarning yangilik mezonlari va
dissertasiya natijalarining amaliy ahamiyati namoyon bo’ladigan hollar bilan tanishasiz.

TADQIQOTNING DOLZARBLIGINI BELGILASH VA ASOSLASH


Mavzuning ta’rifi fanda hozirda ma’lum bo’lgan va hali tadqiq qilinmagan hollarning birgalikda amal qilishini, ya’ni ilmiy bilishning rivojlanish jarayonini aks ettiradi. Shu sababga ko’ra mavzuning dolzarbligini asoslash tadqiqotni tayyorlashdagi juda mas’uliyatli bosqich hisoblanadi.

       Dissertasiyaning dolzarbligi asoslanishi va isbotlanishi kerak

Dissertasiya mavzuining dolzarbligi – bu uning ijtimoiy nazariya va amaliyot uchun kerakli ekanligi bo’lib, fanda ko’pincha
oldingi nazariy tasavvurlar doirasiga yaqqol joylashmaydigan yangi faktlarning kashf qilinishi natijasida vujudga keladigan vaziyatning mavjudligi bilan belgilanadi.
Mavzuning dolzarbligi dissertasiya tadqiqoti sifatidagi ilmiy tadqiqotga nisbatan asosiy talabdir.
 

Tadqiqot dolzarbligining funksional tavsifnomalari

  • iqtisodiy fandagi qandaydir bo’sh o’rinlarning to’ldirilishi
  • muammoning zamonaviy shart-sharoitlarga nisbat berib yanada rivojlantirilishi
  • fikrlar birligi bo’lmagan masaladagi fikr
  • to’plangan tajribaning umumlashtirilishi
  • yirik masalaga oid bilimning jamlanishi va ayni bir vaqtda olg’a surilishi
  • olimlar va amaliyotchilar e’tiborini jalb etish maqsadida yangi muammolarning qo’yilishi
     

Dolzarblikni asoslash – ilmiy bilishning umumiy jarayoni sohasida mazkur mavzuni o’rganish zaruratini izohlashni bildiradi.
 

       Mavzuning dolzarblashtirilishi – tadqiqotchilik ishidagi muhim jihat

Mavzuning dolzarbligini asoslash


Dissertasiyaning KIRISh matni ikki nuqtai nazardan bayon qilinadi:
1) Ushbu mavzuga jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ehtiyojlari yuzasidan murojaat qilishning dolzarbligi – ayni shu
vaqtda aynan shu mavzuga murojaat etishning sabablarini qisqacha yoritish, jamiyatning bugungi kundagi holatining mazkur mavzuni tadqiq qilishni g’oyat zarur qilib qo’ygan o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflab berish.
2) Ushbu mavzuga fanning ichki ehtiyojlari yuzasidan murojaat qilishning dolzarbligi – nima uchun bu mavzuning ayni shu vaqtda bunchalik dolzarb bo’lib qolganligi, uning shu tarzda ochib berilishiga ilgari nima xalaqit qilganligini izohlash, unga murojaat qilishning fan rivojining dinamikasi, bu muammo bo’yicha yangi axborotlarning to’planib qolganligi, mavjud tadqiqotlarda uning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi, muammoni yangicha talqinda, tadqiqotning yangi uslublari va uslubiyotlaridan foydalanib o’rganish zarurligi bilan bog’liq ekanligini ko’rsatish.
 

Ilmiy tadqiqotning dolzarbligini belgilashda shunday tipik xatoga e’tibor berish kerak: magistrlik dissertasiyalarida ko’pincha
magistrantning aniq tanlagan mavzuining emas, balki butun bir sohaning tadqiq qilinishi yo’nalishining dolzarbligi asoslanadi.

Mavzuning dolzarblashtirilishi uning muhim ilmiy va amaliy vazifalar bilan bog’lanishini nazarda tutadi

Ilmiy jihatdan dolzarblik – bu mavzuning
fanni rivojlantirish yo’nalishlari va
fundamental hamda amaliy tadqiqotlar
vazifalariga muvofiq ishlab chiqilishi
zarurligi
 
Amaliy jihatdan dolzarbligi - bu mavzuning
xo’jalik amaliyoti, bo’lg’usi dissertasiyaning
qoidalari va xulosalarini amalga oshirish
hisobiga kadrlarni iqtisodiy tayyorlash
ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqilishi
zarurligi
• Fundamental fanlar vazifalari bu
mavzuning yangi faktlarni izohlash
uchun ishlab chiqilishini talab
qiladi.
• Dissertasiya muammosining
aniqlashtirilishi, rivojlanishi va
hal etilishi hozirgi sharoitda
mumkin va juda zarur.
• Dissertasiyaning nazariy qoidalari
jarayon yoki hodisani tushunishdagi
mavjud ziddiyatlarni olib tashlashga
imkon beradi.
• Dissertasiya ishida ilgari surilgan
farazlar va qonuniyatlar ilgaridan
ma’lum bo’lgan va talabgor olgan
empirik ma’lumotlarni umumlashtirishga imkon beradi.
• Amaliy tadqiqotlar vazifalari shu
mavzuga doir masalalarning ishlab
chiqilishini talab etadi.
• Jamiyat, amaliyot va ishlab chiqarish
ehtiyojlari uchun dissertasiya
vazifalarini hal etish bo’yicha katta
ehtiyoj bor.
• Bu mavzudagi dissertasiya ilmning
muayyan tarmog’idagi ijodiy, ilmiy
jamoalarning ishlanmalari sifatini
jiddiy oshiradi;
Dissertasiya ishida olingan yangi
bilimlar kadrlar malakasini oshirishga yordam beradi yoki
talabalarni o’qitish bo’yicha o’quv
dasturlariga kiritilishi mumkin.

 

Misol.
Ishning dolzarbligi. O’zbekiston iqtisodiyotining bozor munosabatlari tomoniga izchillik bilan ilgari borayotganligi rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda qabul qilingan xo’jalik yuritish uslublarini jadallik bilan o’zlashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan bozor infratuzilmasining yaratilishi bizning respublikamiz uchun dolzarb vazifa bo’lib, kasbiy konsalting xizmatlari bozorining shakllantirilishi bunday infratuzilmaning juda muhim elementi bo’lishi kerak. Konsalting xizmatlari bozori keyingi o’n yil ichida dunyodagi eng tez rivojlanib kelayotgan bozorlardan biridir: uning o’sishi yiliga 15-20% ni tashkil etadiki, bu fanni ko’p talab qiladigan mahsulotlar va iste’molchilik xizmatlari bozorlarining rivojlanishi sur’atlariga qaraganda 2-3 baravar yuqoridir. Raqobatchilik kurashining kuchayishi bozorlarning ko’pchiligida yuz berayotgan o’zgarishlarning keskin oshgan dinamizmi bilan bog’liqdir. Kelgusidagi noaniqliklar va tavakkalchiliklar juda katta, qarorlar qabul qilish uchun axborotlar odatda yetarli emas, ularni olish xarajatlari ehtimol bo’lgan zararlar va yutuqlardan ham oshib ketadi. Bunday sharoitda faqat menejmenti doimiy o’zgarib boradigan tashqi muhitga ko’nikish usullarini astoydil izlaydigan kompaniyagina omon qolishi mumkin. Bunday sharoitda kasbiy konsaltingning roli g’oyat oshib ketadi.

Ilmiy tadqiqotda o’tkazilgan ish natijasida olingan yangilikning darajasi va tusini aniq ifodalash talab etiladi

MUNDARIJA