MAVZUNI TANLASH USULLARI VA VOSITALARI

Mavzuni tanlash usullari

  • U yoki boshqa ilmiy sohadagi yutuqlar sharhini sinchiklab ko’rib chiqish tadqiqot mavzuini tanlash va ifodalash yo’lidagi dastlabki qadamlardan biri bo’ladi.
  • Takrorlash tamoyiliga (obyekt haqidagi mavjud bilimlarni aniqlashtirish va kengaytirish, bilimlarni tekshirish) amal qilish ilmiy ish mavzuini tanlash usulining varianti bo’lishi mumkin.
  • Izlanuvchanlik usuli tadqiqotchining dastlabki manbalar bilan tanishuvini, mavjud muammolar tahlili asosida mavzuning ifodalanishini nazarda tutadi.
  • Mavjud tadqiqotlarning nazariy umumlashtirilishi mavzuni tanlashning birmuncha yuqori bosqichidir.
  • Fanda ilgari surilgan farazlar mavzuni tanlash uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
  • Mavzuni «tabiiy» sharoitlarda, ijodiy muloqot jarayonida ham topish mumkin.

 

Mavzuni tanlashdagi amallar

  • Mavzuni tanlashda yordam berishi lozim bo’lgan ilmiy rahbar bilan maslahatlashish.
  • Himoya qilingan dissertasiyalarning ilmiy kutubxonadagi yoki ma’lumotlar bazasidagi katalogini qayta ko’rib chiqish (dissertasiya ishlari kutubxonasi).
  • Fan va texnikaning o’xshash, qo’shni sohalaridagi tadqiqotlarning eng yangi natijalari bilan tanishish: ba’zan ikkita ilmiy fan tutashgan joyda mavzu chiqib qolishi mumkin.
  • Muammoni ko’rib chiqishning metodologik rakursini almashlash. Ba’zan yangicha nuqtai nazar bu birinchi ilmiy ishlanma mavzuidir.
  • O’z ilmiy ixtisosligi bo’yicha adabiyotlarni o’rganish: ilmiy matbuotni, maxsus nashrlarni, Internet saytlarini ko’rib chiqish, fan klassiklari asarlari ustida mushohada yuritish («sho’ng’ib ketish» uslubi).
  • Amaliyotchi-mutaxassislar bilan suhbatlar va maslahatlashish.

MUNDARIJA