MAVZUNING TANLANISHINI BELGILOVCHI OMILLAR

Magistrlik
dissertasiyalari
mavzuini kafedralar
belgilaydi

 
Mavzu bu tadqiqotning
funksional yo’nalishi
aksidir

 
Mavzu magistrantning
qobiliyati, bilimlari,
qiziqishlarining
ochilishiga imkon
berishi kerak

 
 

Tadqiqot xarakteri:

  1. Nazariy tadqiqot bu sof ilmiy, lekin ko’p yillar uchun ilmiy izlanishlarning istiqbolli va samarali nazariy-strategik yo’nalishidir;
  2. Amaliy tadqiqot kasbiy faoliyatning muayyan sohasida keyinchalik muvaffaqiyatli ishlash uchun uning qandaydir yirik muammosini chuqurroq o’rganishga imkon beradi.
 
 

Dissertasiya ishi natijalarining xarakteri:

  1. Bilimning tegishli tarmog’i uchun muhim ahamiyatga ega vazifaning yangicha yechimi berilgan;
  2. Muallif bajargan ilmiy asoslangan, muhim amaliy vazifalar yechimini ta’minlaydigan iqtisodiy ishlanmalar bayon qilingan
 
  Dissertasiya ishi maqsadlariga qarab tadqiqotlar tiplari
  1. Umumlashtiruvchi – iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida to’plangan tajribani o’rganish va ilg’or amaliyotni umumlashtirish, o’rganilayotgan hodisalarning rivojlanish an’analarini aniqlash va turli iqtisodiy jarayonlarning ilmiy bashoratlarini ilgari surish. O’ziga xos xususiyatlari: tadqiqotning ko’p tarqalgan va murakkab bo’lmagan turi, tadqiqotning turli obyektlaridan foydalanib, bir mavzu doirasida ko’plab variantlar tuzish mumkin.
  2. Ommalashtiruvchi xarakteridagi – ayrim tashkilotlar (kichik tarmoqlar, tarmoqlar, milliy iqtisodiyotlar va hokazo) tajribasini boshqa tashkilotlarda (kichik tarmoqlar, tarmoqlar, milliy iqtisodiyotlar va hokazo) foydalanish imkoniyatlarini va maqsadga muvofiqligini ko’rsatish. O’ziga xos xususiyatlari: sifatli bajarish sharti – amaliyotni yaxshi bilish.
  3. Novatorlik – amaliyotga tegishli tavsiyalarni berish maqsadida yangi yoki nisbatan yangi iqtisodiy muammolarning ilmiy ishlab chiqilishi. O’ziga xos xususiyatlari: qo’yilgan savollarga javoblar adabiyotlarda yo’q, amaliyot esa zarur tajribani endi orttirayapti, bu tadqiqotchidan yuksak nazariy tayyorgarlik, amaliyotni yaxshi bilish, yangi g’oyalarni ilgari surishda jasorat talab qiladi.
  4. Chuqurlashtiruvchi xarakteridagi - aniq ijtimoiy iqtisodiy va xo’jalik kategoriyalari va jarayonlari haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish. O’ziga xos xususiyatlari: iqtisodiy kategoriyalar va jarayonlarning adabiyotlarda yetarlicha to’la yoritilmagan va amaliyotda lozim darajada rivojlantirilmagan ayrim jihatlarini ishlab chiqish. Ko’rib chiqilayotgan muammo xarakteri ishning murakkablik darajani belgilaydi.
  5. Nazariy-metodologik tusdagi – umumiy nazariy konsepsiyalar, metodologik muammolarning ishlab chiqilishi. O’ziga xos xususiyatlari: magistrlik tadqiqoti darajasida kam ommalashgan, chunki tadqiqotchi rivojlangan nazariy tafakkurga ega bo’lishi kerak.
  6. Empirik tusdagi - muayyan korxonalar, firmalar, tashkilotlarning muayyan tajribasining tadqiqi, tahlili. O’ziga xos xususiyatlari: tashkilotning ilg’or tajribasi, amaliyoti markaziy o’rinni egallaydi, unga bu tajribadan milliy iqtisodiyotda  foydalanish bo’yicha nazariy dalillar va mulohazalar qo’shimcha qilinadi.
 

MUNDARIJA