MAGISTRLIK DISSERTASIYASI NOMINI TANLASH VA IFODALASH

Siz bu bobda «ilmiy mavzu», «ilmiy yo’nalish» «ilmiy muammo» tushunchalari, ilmiy tadqiqotlar turlari, magistrlik dissertasiyasi mavzuini tanlash usullari va shartlari, uni ifodalash algoritmi, tadqiqot «obyekti» va «predmeti» tushunchalari, ilmiy tadqiqot mavzuini ifodalashni belgilovchi tamoyillar bilan tanishasiz.
 

ILMIY TADQIQOT MAVZUINI TANLASH UCHUN ASOSLAR

Ilmiy mavzu bu yechimini talab qiladigan murakkab vazifadir. Ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzui mauyyan ilmiy yo’nalishga yoki ilmiy muammoga tegishli bo’lishi mumkin.

Ilmiy yo’nalish deganda tadqiqot o’tkazish sohasidagi fan, fanlar yoki ilmiy muammolar majmui tushuniladi.

Ilmiy muammo bu ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzuini belgilaydigan murakkab nazariy va (yoki) amaliy vazifalar majmuidir.
Muammo tarmoq, tarmoqlararo, global bo’lishi mumkin.

Mavzular turlari

Nazariy mavzular asosan adabiyotlar manbalaridan foydalanib ishlab chiqiladi.

Aralash mavzular tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarini o’z ichiga oladi/

Amaliy mavzular xo’jalik amaliyotini o’rganish, umumlashtirish va tahlil etish asosida ishlab chiqiladi

Tadqiqot mavzui butun ish muvaffaqiyatidir. Dissertasiya bilimlarga hissa qo’shishi va, odatda, ularni kengaytirishi KERAK.

Mavzuni tanlashga talablar


Tadqiqot mavzui quyidagicha bo’lishi kerak:

  • Fan yoki amaliyotning shu yo’nalishiga YaNGILIK olib kirishi kerak
  • Shu soha MUAMMOSINI qo’yishi kerak
  • Tadqiqotning qaysi aniq tashkilot misolida o’tkazilganligini imkoni boricha ko’rsatishi kerak
     

Mavzuni tanlash –dissertasiya tadqiqoti ustidagi ishning birinchi bosqichi.
Aniq mavzuni tanlashda oldiniga quyidagi umumiy masalalarni hal qilish kerak:

  • Tadqiqot qanday tusga ega bo’ladi?
  • Magistrant o’z tadqiqoti natijalarini qay holatda ko’radi?
  • Magistrant uchun dissertasiyaning qanday tipi ma’qul keladi?
  • Dissertasiya maqsadlarini qay tarzda qo’yish eng maqbul hisoblanadi?

Sizga qaysi variant ko’proq ma’qul bo’lishiga qarab ishni qurish metodologiyasini tuzish, mavzuni va uning ifodasini —dissertasiyaning nomini tanlash kerak bo’ladi.

MUNDARIJA