1 - bosqich Tadqiqotni o’tkazishga tayyorgarlik: yo’nalish olish va muammolarni belgilash
Magistrant amallarining izchilligi
-
Obyekt sohasini, obyektni, tadqiqot predmetini belgilaydi.
-
Mavzuni, muammoni tanlaydi va ifodalaydi, ularning dolzarbligini asoslaydi.
-
Ilmiy adabiyotlarni o’rganadi va mavzuni aniqlashtiradi.
-
Farazni (gipotezani) ifodalaydi.
-
Tadqiqot maqsadlari va vazifalarini ifodalaydi.
2 - bosqich Tadqiqot uslublarining belgilanishi. Rejalashtirish
Magistrant amallarining izchilligi
-
Tadqiqot uslublari, uslubiyotini tanlaydi va asoslaydi.
-
Tadqiqot mavzuining chegaralarini belgilaydi.
-
Tadqiqotning o’tkazilishini rejalashtiradi.
3 - bosqich Tadqiqotning o’tkazilishi
Magistrant amallarining izchilligi
-
Tadqiqot materiallarini yig’adi, eksperimentni qo’yadi va o’tkazadi.
-
Materiallarni bir tizimga soladi va ishlaydi.
-
Ma’lumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi, talqin etadi, xulosalar chiqaradi.
-
Tadqiqot jarayonida olgan o’z xulosalarini ilgari mavjud bo’lgan bilimlar va ma’lumotlarga solishtiradi
4 - bosqich Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish
Magistrant amallarining izchilligi
-
Magistrlik dissertasiyasi tuzilmasi va rasmiylashtirilishiga qo’yilgan talablarga muvofiq ravishda shunday dissertasiyani yozadi
5 - bosqich Tadqiqot natijalarining taqdimoti va himoyasi
Magistrant amallarining izchilligi
-
Formal talablarga muvofiq ravishda o’z ishini taqdim etadi.
MUNDARIJA