MAGISTRLIK DISSERTASIYASI: UMUMIY TUSHUNCHA

Dissertasiya (lotinchadan tarjimasi – tadqiqot, mulohaza) - muayyan ilmiy (akademik) malakani (darajani) olish maqsadida maxsus tayyorlangan, ommaviy muhokamaga va himoyaga qo’yiladigan asar.

Magistrlik dissertasiyasi – magistrni tayyorlash bo’yicha asosiy kasbiy ta’lim dasturiga o’qitishning yakunlovchi bosqichida talaba-magistrant tomonidan ilmiy rahbar rahbarligida mustaqil bajariladigan ilmiy yo’nalishdagi yakuniy malaka ishi.

Magistrlik dissertasiyasi nomzodlik va doktorlik ishidan jiddiy farq qiladi. U ko’proq o’quv-tadqiqotchilik ishi bo’ladi. Ish himoya qilinganidan so’ng magistr degan akademik (ilmiy emas) darajasi beriladi.

Magistrlik dissertasiyasiga qo’yiladigan asosiy talablar Magistrlik dissertasiyasi quyidagicha bo’lishi kerak:
• muallif tomonidan himoyaga olib chiqilayotgan natijalar va ilmiy qoidalar majmuini o’z ichiga olishi, ichki birlikka ega bo’lishi lozim;
• muallifning nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni qo’llab mustaqil tarzda ilmiy izlanish olib borish, kasbiy muammolarni ko’ra olish, tadqiqot vazifalarini va ularni hal etish uslublarini ifodalash qobiliyati haqida dalolat berishi kerak.
• Nazariy tadqiqotlar natijalari, ilmiy muammolarni hal etishga nisbatan yangicha metodologik yondashuvlarni, shuningdek amaliy tusdagi vazifalar yechimini ifodalashi lozim.
 

MUNDARIJA