TAQDIMOT (AXBOROT)

Taqdimot – o’quv (ilmiy) ish yakunlari haqidagi og’zaki axborot.

Taqdimotni o’tkazish shakllari

• Interaktiv dialog (konsalting firmasi – masalan, kompaniya vakillari).
• Guruhning barcha ishtirokchilari so’zga chiqadilar.
• Guruh yetakchisi so’zga chiqadi.

Muvaffaqiyatli taqdimot sirlari

• Hamisha so’zlayotgan gapingizga ishonchingiz komil bo’lsin.
• Aniq, lo’nda qilib gapiring.
• Fikrni tugallangan iboralar bilan bayon qiling, muhim joylarini ta’kidlab gapiring.
• Bir xilda va sekin gapirmang, lekin juda baland ham so’zlamang.
• Xushmuomala va e’tiborli bo’ling, agressiv bo’lmang, vazminlik namoyon qiling.
• Hamisha gapni tabassum bilan boshlab, tabassum bilan tugating, lekin hadeb iljayavermang.
• «Ehtimol», «Kim ham biladi deysiz?», «Balki……» kabi iboralarni ishlatmang. Bunday iboralar nutqingizga ishonchsizlik bag’ishlaydi.
• Tinglovchilar bilan aloqani yo’qotmang – ularga tez-tez qarab turing (har bir ishtirokchiga 3 sek. dan).
• Og’irligingizni bu oyog’ingizdan narigi oyog’ingizga tashlayvermang, qo’lingizni orqangizda ushlab turmang, stol, minbarga suyanib olmang, keskin imo-ishoralar qilavermang, qo’lingizni, markerni hadeb siltayvermang, yelpig’ich, qog’ozlarni silkitavermang.
• Hamisha javoblar va takliflar uchun minnatdorchilik bildiring!

Taqdimotda bo’lishi kerak?

• Nutqlar reglamentiga rioya qilish.
• Notiqlar navbatliligiga amal qilish.
• Guruh a’zolari o’rtasidagi funksiyalarning aniq taqsimlanishi va ular hatti-harakatlarining kelishuvchanligi.
• Axborotlar grafik shaklda ham taqdim etilishi kerak (sxemalar, jadvallarda, grafiklar va hokazo).
• Barcha grafik axborotlarga izoh berilishi lozim.

Taqdimotda nima bo’lmasligi kerak:

• Vaziyatning bayoni va hikoyasi.
• Qatnashchilar nutqlarida ziddiyatlar.
• Noxush, tushunarsiz, noaniq ifodalar.

Mustaqil ish.

1. Guruhda taqdimotni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari ustida fikr yuriting va muhokama qiling.
2. Muvaffaqiyatli taqdimot qoidalari va “sirlari”ga amal qilib, ish natijalari taqdimotini o’tkazing.

MUNDARIJA